Foydalanish qo'llanmasi
KitobJavondan qanday foydalanish?
Bu sahifada saytning barcha imkoniyatlarini topasiz. Quyidagi bo'limlardan birini tanlang yoki to'liq o'qing.
Boshlash
Ro'yxatdan o'ting
Ro'yxatdan o'tish sahifasiga o'ting. Foydalanuvchi nomi va parol kiriting β elektron pochta shart emas. Telegram orqali ham kirish mumkin.
Tizimga kiring
Hisob yaratgach, avtomatik ravishda kirasiz. Keyingi safar Kirish sahifasidan foydalaning.
Birinchi kitobingizni qo'shing
Asosiy sahifadagi "+ Kitob qo'shish" tugmasini bosing va kitob ma'lumotlarini to'ldiring. Shuncha ham oddiy!
Kitob javoni
Shaxsiy kutubxonangizni boshqaring β qaysi kitob qayerda ekanini hech qachon unutmang.
Kitob qo'shish
Asosiy sahifadagi "+ Kitob qo'shish" tugmasini bosing. Kitob nomi, muallif, holat va ixtiyoriy izoh kiriting.
Kitob holatlari
- Menda bor β kitob sizda, o'qilmagan
- O'qib tugatdim β o'qib bo'lgan kitob
- Sotmoqchiman β sotishni rejalashtirgan
- Qidiryapman β topish kerak bo'lgan kitob
Qopqoq rasm
Kitob qo'shish yoki tahrirlash sahifasida rasm yuklang. Telefonda kamera yoki galereyadan tanlash mumkin.
Kitobni tahrirlash
Kitob sahifasiga kirib, "Tahrirlash" tugmasini bosing. Ma'lumotlarni yangilang va saqlang.
Izoh qoldirish
Kitob qo'shish yoki tahrirlash paytida "Izoh" maydoniga fikr, iqtibos yoki eslatma yozing.
Kitobni o'chirish
Kitob sahifasida qizil "O'chirish" tugmasi mavjud. Tasdiqlash so'raladi β tasodifiy o'chirishdan xavfsiz.
O'qish taymeri
Har bir kitob uchun o'qish vaqtini kuzating. Sessiyalar saqlanadi va statistikangizda ko'rsatiladi.
Kitob sahifasini oching
Asosiy sahifadagi kitob kartasini bosib, uning sahifasiga o'ting.
"Boshlash" tugmasini bosing
O'qishni boshlagan zahoti taymer ishga tushadi. Vaqtni hisoblaydi.
O'qishni tugatgach "Tugatish"ni bosing
Sessiya avtomatik saqlanadi. NeΡΠ° minut o'qiganingiz profilingizda ko'rinadi.
O'qish statistikasi profilingizda β umumiy vaqt, sessiyalar soni va haftalik faollik ko'rsatiladi.
Ovozli yozuvlar
Kitob haqidagi fikrlaringizni, iqtiboslarni yoki taassurotlarni ovozda yozing.
Mikrofon tugmasini bosing
Kitob sahifasida mikrofon (π€) tugmasini bosing. Brauzer mikrofonga ruxsat so'raydi β ruxsat bering.
Gapiring
Yozuv avtomatik boshlanadi. Kitob haqida fikringizni, sevimli jumlangizni yoki eslatmangizni ayting.
To'xtatish va eshitish
To'xtatish tugmasini bosing β yozuv saqlanadi. Keyin uni tinglashingiz yoki o'chirishingiz mumkin.
Bir kitobga bir nechta ovozli yozuv qo'shish mumkin. Barcha yozuvlar faqat siz uchun ko'rinadi.
Kitob ulashish
Kitobni do'stingizga sovg'a qiling yoki vaqtincha bering. Har ikki taraf ham jarayonni ko'radi.
Sovg'a qilish
Kitob sahifasida "Ulashish" bo'limini toping. Do'stingizning foydalanuvchi nomini kiriting va "Sovg'a" turini tanlang. Tasdiqlangach kitob do'stingizga o'tib ketadi.
Vaqtincha berish
"Vaqtincha" turini tanlang. Do'stingiz qabul qilgach, kitob unga o'tadi. O'qib bo'lgach qaytarish mumkin.
So'rovlarni qabul qilish
Kimdir sizga kitob ulashsa, topbar'dagi "Ulashish" tugmasida raqam ko'rinadi. U yerdan qabul yoki rad etishingiz mumkin.
Kitobni qaytarish
Vaqtincha olgan kitobni qaytarish uchun "Ulashish" sahifasida "Qaytarish" tugmasini bosing. Egasi tasdiqlaydi.
Profil
O'qish statistikangizni kuzating va profilingizni boshqaring.
Statistika
Profil sahifasida umumiy o'qish vaqti, sessiyalar soni va o'qilgan kitoblar ko'rsatiladi. Haftalik faollik ham ko'rinadi.
Profilni tahrirlash
Topbar'dagi "Profil" tugmasini bosing. Foydalanuvchi nomi, bio va avatar o'zgartirishingiz mumkin.
Ommaviy profil
Profil sozlamalarida "Ommaviy profil" ni yoqing. Shunda sizga xos URL yaratiladi β istalgan kishiga ulashing.
Parolni o'zgartirish
Profil sozlamalarining pastki qismida parolni o'zgartirish bo'limi mavjud.
Ommaviy sahifalar
Kitobingizni yoki profilingizni ommaga oching β hisob kerak emas.
Kitobni ommaviy qilish
Kitob sahifasida yoki asosiy sahifadagi π tugmasini bosing. Kitob endi ommaviy bo'ladi β noyob havola orqali ulashing mumkin.
Ommaviy kitoblar ro'yxati
Topbar'dagi Ommaviy sahifasida barcha foydalanuvchilarning ommaviy kitoblari ko'rinadi. Hisob kerak emas.
Blog
Blog sahifasida kitob o'qish bo'yicha foydali maqolalar joylashadi. Hisob kerak emas β istalgan kishi o'qiy oladi.
Ommaviy profil havolasi
Ommaviy profilingiz yoqilgan bo'lsa, /u/sizning-nom/ ko'rinishidagi havola orqali istalgan kishi profilingizni va ochiq kitoblaringizni ko'ra oladi.